Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta. uz”ga mamlakatning magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan zarurat yuzasidan izoh berdi. Avvalroq Rossiyadan gaz importini oshirish uchun modernizatsiya ishlariga 500 mln dollar sarflash reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.
O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Turkmanistondan gaz import qilish bilan parallel ravishda uzoqroqda bo‘lgan Rossiyadan ham gaz import qilayotgani haqida gapirib, masalaning siyosiy oqibatlariga izoh berdi. “Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabatlar”, dedi u.
To‘qqiz oy ichida O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Birgina sentabr oyida 286,1 million dollarlik gaz sotib olindi, bu avvalgi sakkiz oyga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.
Iqtisodiyot vazirligi olti oyda 2,6 mlrd kub metr — 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilganini bildirdi. Bu Statistika agentligi ma’lumotlaridan farq qiladi va MB rahbarining gaz importi tufayli budjet taqchilligi oshgani haqidagi so‘zlariga qisman oydinlik kiritishi mumkin.
Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.
Yangi shartnoma bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, deb yozmoqda “Kommersant’”. Tahlilchilarga ko‘ra, “Gazprom” gazi O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha shartnomani bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.
Vladimir Putinning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan «uch tomonlama gaz ittifoqi» to‘g‘risidagi taklifi siyosiy shartlar evaziga gaz yetkazib berishni nazarda tutmaydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Bu tijorat manfaatlarini muvofiqlashtirish haqida», — dedi u.
«O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov O‘zbekiston qazib olish hajmi kamayishi va ichki talab ortishi ortidan gazni import qila boshlaganini aytdi. «Import qilishdan hech qachon qo‘rqish kerak emas. Iqtisodiyotimiz to‘xtamasligini xohlasak, biz kafolatlangan energoresurslarni zaxirasi bilan birga ta’minlab berishimiz kerak», — deya ta’kidladi u. 2021 yilda O‘zbekistonda gazni import qilish qiymat jihatidan 3 baravarga oshdi.
Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.
Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.
Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi «Navoiyazot»da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting